YANGILIK VA TADBIRLAR

Rasamiy bayonot

Blue Pink Gradient Fashion Banner (3)

Deputat Rasul Kusherbayevga yo‘llanadigan murojaatlar uchun ochilgan maxsus kanalda berilgan shikoyat yuzasidan   quyidagilar ma’lum qilinadi

Murojaat egasi ism-sharifini ko‘rsatmaganligi sababli bog‘lanishning iloji bo‘lmadi.

Bugungi kunda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida jami 73 nafar doktorant va tayanch doktorantlar ilmiy faoliyat ko‘rsatib, ulardan 26 nafar, jumladan: 18 nafari institutning 21-oilaviy turar joyida, 8 nafari esa xususiy xonadonlarda ijarada istiqomat qilib kelmoqda.

Barcha tadqiqotchilarning taklif va shikoyatlari uchun alohida telegram guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularning taklif va muammolari doimiy ravishda o‘rganilib,  yechimlari bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun mas’ul xodimlar va guruh sardorlari biriktirilgan bo‘lib, shaxsiy telegram tarmog‘i yoki ulardan to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaatlarni qabul qilish tashkil etilgan.  

Murojaat egasi institutdagi mas’ul xodimlar bilan masala yuzasidan uchrashganda, uning murojaati ijobiy hal etiladi.Sababi, institut har bir tadqiqotchining murojaati bilan alohida shug’ullanadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!