YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYESI da tadbir

Joriy yilning 22-noyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi asisstenti Sh.Nurbekova hamda kafedra mudiri katta o’qituvchisi S.Yusupovalar tashabbusi bilan talabalar uchun seminar trening tashkil etildi.
Seminar-treningga Buyuk Britaniya elchixonasi hamda Britaniya Kengashining Toshkentdagi vakolatxonasi biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish koordinatori A.Sadikov, “IELTS” imtihonlarini O’zbekistonda tashkil etish va o’tkazish komissiyasi boshlig’i A.Maksakovlar tashrif buyurishdi.
Mutaxassislar talabalarga “IELTS imtihonlarini o’tkazish uslublari, gapirish, yozish ,tinglash va gapirish uslublari to’g’risida to’liq ma’lumot berdilar.
Seminar ochiq savol-javoblar tarzida o’tkazildi.Faol qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Kelgusida Britaniyaning “London Metropoliten” universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatishga kelishib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!