YANGILIK VA TADBIRLAR

Mahorat darsi

Hozirgi davrda IT texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgani, mehnat bozorida aynan shu soha vakillariga bo‘lgan talab ham ortib borayotganini real hayotimizda ko‘rib turibmiz.
Shu bois joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining talaba-yoshlari uchun “Farobiy IT Academy” vakillari ishtirokida IT olamida to‘g‘ri yo‘nalish tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida maxsus seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningda fakultet dekani M.Ochilov, dekan o‘rinbosari I.Yusupov, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Respublika ta’lim markazi PM, “Farobiy IT” akademiyasi o‘quv markazi asoschisi F.Boltayev, dasturchilar N.Kholmurodov, K.Yo‘ldoshev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Seminar -trening savol javob tarzida bo’lib o’tdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!