YANGILIK VA TADBIRLAR

“Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin moʻjizalari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 23-noyabr kuni Parijdagi Arab dunyosi institutida o‘zbek to‘qimachilik va zargarlik san’atiga bag‘ishlangan «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin moʻjizalari» ko‘rgazmasi ochildi.Unda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori X. H. Kamilova ham ishtirok etdi.
Qayd etish kerak, kelgusi yilning mart oyiga qadar davom etadigan ko‘rgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Bu esa O‘zbekistonni butun dunyoga tanitishda katta hissa qo‘shadi.Ko‘rgazma Buyuk Ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Ko‘rgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, O‘zbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinchi marta namoyish etilmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!