Joriy yilning 5-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik yubileyi munosabati bilan YeSTDF “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda TSTF hamkorligida “Konstitutsiya – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Z Xudoyberdiyev, A.To’lagenova, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar masalalari bo’yicha rais o’rinbosari, Xalq deputatlari Sergeli tuman deputati U.Muxammedov va Toshkent davlat Yuridik universiteti professorlari – M.A.Utemuratov, S.T.Akobirova, M.G.Shamsitdinovalar Konstitutsiyaga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan musiqiy, sahna kòrinishlari qo’yildi. Hamda hafta davomida talabalar o’rtasida o’tkazilgan insholar va devoriy gazetalar tanlovi g’oliblariga O’zLiDeP tashkilotchilar tomonidan faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.