YANGILIK VA TADBIRLAR

“O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI” MUNOSABATI BILAN TA’SIS ETILGAN ESDALIK NISHONLARI O‘Z EGALARIGA TOPSHIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoni asosida ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlandi.
Prezidentimiz imzosi bilan tasdiqlangan faxrli nishon Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi professori G.K.Masharipova hamda Ipak texnologiyasi kafedrasi mudiri J.A.Axmedovga tantanali ravishda topshirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!