YANGILIK VA TADBIRLAR

Xotin-qizlar kengashi.Rasmlar tanlovi

Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlar doirasida “Biz zoʼravonlikka qarshimiz” mavzusida talabalar oʼrtasida rasmlar chizish boʼyicha tanlov boʼlib oʼtdi.

Ushbu tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlar “Oilaviy zoʼravonlikka qarshi kurash va uning oldini olish”, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish”,”Bolalarga nisbatan ishlatiladigan zoʼravonlik holatlariga qarshi murosasiz kurash”, “Gender tenglik” mavzularini talqin etgan rasmlarni chizishdi.
Chizilgan rasmlar Hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholanib, mavzuni toʼlaqonli yorita olgan eng sara ish sohiblariga I,II,III oʼrin belgilanib, diplom va qimmatbaho esdalik sovgʼalari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!