YANGILIK VA TADBIRLAR

CHEGARASIZ FAN: O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA OLIMLARI HAMKORLIK NATIJALARI.

Ilm-fan yutuqlari sohasidagi jahon amaliyoti insoniyat oldida turgan
muammolarni hal qilishning globallashuvini ko’rsatdi. Xalqlarimiz o‘rtasida ta’lim, ilm-fan, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish borasidagi ko‘p asrlik hamkorlik tarixidan kelib chiqib shuni qat’iy aytish mumkinki, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan, ilm-fan yutuqlariga tayangan holda real iqtisodiyot rivojlanish va takomillashtirish sur’atlari yuqori bo’lgan raqobat muhitiga va jahon darajasiga o’tishi mumkin.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida fanning universitetlararo integratsiyalashuvi xalqaro
miqyosda yo‘lga qo‘yilgani erishilgan natijalarni jahon ilmiy hamjamiyatiga yoyish, universitetlarning e’tirof etilishi va jozibadorligini oshirish, olimlar va ta’lim muassasalari reytingini oshirishda ijobiy samaralar bermoqda.

Keyingi yillarda hamkorlikda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida
sezilarli natijalarga erishdik. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTYESI), Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BuxMTI) va Don davlat texnika universiteti (DDTU) professor-o‘qituvchilari va yosh olimlarning to‘rtta monografiyasi hamkorlikda nashr etilgani ana shunday natijalardan biridir.
Natijada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti uchun ilmiy-pedagogik  kadrlar tayyorlandi (U.T.Mo‘minova va M.Q.Rasulovalar DSc, B.G.Alimuhamedov va Sh.G.Juraevalar falsafa fanlari nomzodi dissertatsiyalarini himoya qildilar) va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (S.U.Po‘latova- DSc, L.N.Nutfullaeva, G.I.Temirova va S.I.Sharipova- PhD dissertatsiyasini himoya qilganlar). Shuningdek, magistrantlar xorijlik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy ishlarga jalb etilgan. Xullas, o‘tgan yil davomida ulardan ikki nafari ixtiroga xalqaro patent bilan magistrlik dissertatsiyasini himoya qilib, ilmiy ishlariga asos bo‘ldi.

Xalqaro Scopus maʼlumotlar bazasiga kiritilgan nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalarni birgalikda chop etish yoʻnalishida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Rossiya davlat universiteti olimlari bilan birgalikda A.N. Kosigin (t.f.d., prof. V.S. Belgorodskiy, t.f.d., prof. A.F. Plexanov, t.f.d., prof.
K.E. Razumeev, t.f.d., prof. E.I. Bitus va boshqalar) Don davlat texnika universiteti (t.f.d., prof. A.N. Beskopilniy, t.f.d., prof. I.V. Cherunova), Omsk davlat texnika universiteti (t.f.d., prof. S.N. Litunov, t.f.n., dotsent  L.F.Nemirova) Almata texnika universiteti (t.f.d., prof. R.O. Jilisbaeva) ixtirolar uchun
14 ta xalqaro patent olindi, 50 dan ortiq maqolalar chop etgan bo’lsa, ushbu nashrlarning iqtiboslari 300 dan ortiqni tashkil etdi.

Natijada Scopusda xirsh indeksda professor va yosh olimlarning xalqaro reytingi yuqori darajaga (t.f.d., prof. S.Sh.Toshpo‘latov – Xirsh Indeksi -15, t.f.f.n., dotsent R.D.Akbarov – Xirsh Indeksi -4, t.f.f.n., dotsent Z.A. Sobirova – Xirsh Indeksi -3) yetdi. Institut professor-o‘qituvchilari va yosh olimlarning bunday ko‘rsatkichlarga erishayotgani xalqaro ilmiy grant loyihalarida ishtirok etish, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkonini bermoqda.

Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz, hamkorlikni kengaytirishni taklif qilamiz, chunki faqat birgalikdagi hamkorlikda iqtisodiyotda yutuq va xalqlarimiz tinchlik va farovonlikka erishib- sinergik samaraga erishishi mumkin.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!