YANGILIK VA TADBIRLAR

“Oʼzbekiston-Kozogʼistonda charm va charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirishda oliy oʼquv yurtlarning oʼrnini kuchaytirish” REILEAP loyihasi

Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti, Jizzax politexnika instituti, Oʼzbekiston Ixtirochi Аyollari markazi hamda “Oʼzcharmsanoat” Uyushmasi Yevropa va Qozogʼiston universitetlari bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining Oliy taʼlim, kadrlar tayyorlash, sport va yoshlar siyosati asosida, qoʼshma loyihalarni qoʼllab quvvatlash ERASMUS+ dasturi doirasida 2020 yilda eʼlon qilingan tanlovda
“Oʼzbekiston-Kozogʼistonda charm va charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirishda oliy oʼquv yurtlarning oʼrnini kuchaytirish” (Reinforcing capacities of HEIs for leather and leather products in Uzbekistan-Kazakhstan/REILEAP) mavzusidagi loyiha bilan qatnashdi va gʼolib sifatida umumiy miqdori 914.603,00 yevro boʼlgan xalqaro grantni qoʼlga kiritdi
Loyihaning maqsadi: charm va charm buyumlar ishlab chiqarishda Oʼzbekistonda innovatsion salohiyatni oshirish; texnologiyalar almashish, amaliy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik xizmatlari natijalarini tijoratlashtirishda oliy oʼquv muassasalari oʼrnini kuchaytirish va rivojlantirish.
Shuningdek yevropalik hamkorlar tajribasini oʼrgangan holda,
Loiyxa vazifalari

          charm va poyabzal sanoati korxonalar uchun xizmat koʼrsatish markazlarini                tashkil etish,

         -mutaxasisilik fanlar boʼyicha oʼquv dasturlarni takomillashtirish,

        -talabalar boʼsh vaqtlarini samarali tashkil etish,

       -bitiruvchilar, xotin-qizlar, ishsiz yoshlarni, shu bilan birgalikda “Temir daftar” va “Аyollar daftar” lariga kiritilgan xotin-qizlarni qisqa muddatli kurslarda oʼqitib, poyabzal va charm buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarida ish bilan taʼminlanishiga koʼmaklashish.

       Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etiladigan markaz mahsulotlarni zamonaviy loyihalash va sinash uskunalari bilan jihozlanadi.

     Markaz tarmoq korxonalari xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini xam taklif etadi

        Loyihaning Yevropalik xamkorlari

  1. Krit texnik universiteti (Gretsiya)

  2. Politecnico Calzaturiero (POLICALZ) (Italiya)

  3. Yassi texnik universiteti (Ruminiya )

  4. EGE universiteti (Turkiya)

  5. Creative Thinking Development (CRETHIDEV) (Gretsiya)

  6. GURU servis (Gretsiya)

Loyixaning Qozoqstonlik xamkorlari

  1. M.Аuezov nomli Janubiy-Qozokston universiteti

  2. M.X .Dulati nomli Taraz xududiy universiteti

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!