YANGILIK VA TADBIRLAR

TO‘QIMACHILIK SOHASIDA YARATILAYOTGAN ISHLANMALARNI MUHOFAZALASH TARTIB QOIDALARI

44

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash, faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar belgilangan. Bu borada muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 12-oktabr kuni intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, unda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirib, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, har bir idora va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama qilingan va tegishli vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, 2019-yil 8 fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4168-son qaror hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 iyuldagi 638-sonli buyrug‘ining ijrosi bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 13-aprel kuni soat 11-00 da 1-bino 222-xonada “Intellektual mulk konsultativ markazi” hamda “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” mutaxassislari bilan birgalikda intellektual mulk ob’ektlari (ixtiro, foydali model va sanoat namunalari) uchun talabnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. Unda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gulamov Azamat Eshankulovich, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Avazov Komil Raxmatovich, Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Geografik koʼrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʼlimi bosh maslahatchisi Abbasov Boburxon Bosit oʼgʼli hamda Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Ixtiro va foydali modellar boʼlimi yetakchi maslahatchisi Abdunabiev Sherzod Xikmat oʼgʼli hamda institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Kirish so‘zidan so‘ng Sh.Abdunabiev so‘zga chiqib, ushbu markazni tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatning intellekmal mulk sohasidagi salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, intellektual mulk sohasida mutaxassislar bilim darajasini va ularni tayyorlash samaradorligini oshirish, omma o‘itasida intellektual niulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish, ixtirochilik faoliyalini rag‘batlantirish hamda ilmiy-texnik ijodkorlik natijalarini hayotga tadbiq etishga sharoit yaratish ekanligiga urg‘u berdi. So‘ng ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi masalalar yuzasidan o‘z taqdimoti bilan seminar ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tdi. Bundan tashqari, tadbir davomida ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma shartlari, sanoat mulki obekti ustuvorligi, talabnomalarni o‘zgartirish haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida Sh.Abdunabiev sanoat mulki obektiga bo‘lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli bo‘lishi va patent bilan tasdiqlanishi, agar sanoat mulki obektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo‘lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Vazirlikka birinchi bolib topshirgan shaxsga tegishli bo‘1ishi, ixtironing va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari, sanoat mulki obektining huquq subektlari, patent egasining sanoat mulki obektidan foydalanish huquqi hamda patent egasi mutlaq huquqining buzilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilinib, seminarda ishtirok etgan ma’sul xodimlar va talabalarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi hamda taraflar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazlfalar o‘zaro taqsimlab, kelishib olindi.

P.S. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi kunda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Intellektual mulk agentligiga talabnoma topshirish va patent olish bo‘yicha respublika oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi uchtalikda turadi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tgan 2020-2022 yillarda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish maqsadida Intellektual mulk agentligiga patent olish uchun jami 191 ga yaqin talabnomalar topshirilib, 149 ta patent (70 ta ixtiro, 34 ta foydali model, 15 ta sanoat namunasi, 30 ta mualliflik guvohnomasi) olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!