YANGILIK VA TADBIRLAR

Uch avlod uchrashuvi

Joriy yilning 2 iyun kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasida 3 avlod uchrashuvi o’tkazildi. Ushbu tadbirda kafedraning faxriy bitiruvchilari, kafedraning professor oʻqituvchilari, “Yigiruvchi” toʻgaragi a’zolari hamda 4-4a-4r-20 guruh talabalari ishtirok etdilar. Kafedraning faxriy bitiruvchisi Maxkam ota Oʻrmonov kafedrani 1955 yilda “Yigirish texnologiyasi” kafedrasini tamomlab, avval “Toshkent toʻqimachilik kombinati”da smena masteri lavozimida ishlab, keyinchalik Paxta sanoati tizimidagi yigirish laboratoriyasi mudiri, so’ngra “Paxta sanoati qoshidagi mexanika zavodi”ga 29 yil davomida rahbarlik qilganlar. Omil ota Usmonov “Yigirish texnologiyasi” kafedrasini 1956 yilda tamomlab, yoʻllanma asosida Fargʻona toʻqimachilik kombinatida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib, soʻngra institutimiz komsomol tashkiloti etakchisi, keyinchalik tuman va viloyat rahbari kabi ma’suliyatli lavozimlarda faoliyat koʻrsatganlar. Kafedrani 1956 yilda tugatgan Abdunabi ota Miraxmedov dastlab Fargʻona toʻqimachilik kombinatida, soʻngra paxta sanoat tizimining qurilish va ta’minot boʻlimida uzoq yillik faoliyatidan soʻng institutimiz malaka oshirish fakultetida rahbarlik qilganlar. Yoshi ulugʻ otaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdilar. O‘z navbatida talaba yoshlarni kelgusidagi orzu niyatlari va maqsadlarini amalga oshirishdagi olib borayotgan faoliyatlari haqida bildirgan fikr-mulohazalari ham tinglandi. Sermazmun suhbatlarga boy bo‘lgan ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ishtirokchilarning xotirasidan o‘chmas joy olishi bilan birgalikda, ularning kelgusi hayot yo‘llarini yorituvchi ziyo bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!