YANGILIK VA TADBIRLAR

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari hamkorlik doirasida Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabida bo‘lishdi

55555

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga muvofiq professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini joyida o’rganish maqsadida joriy yilning 11-iyul kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Kamilova Xolida Hafizovna boshchiligida O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Mamatmurodov Sharof Xudayorovich va mas’ul xodimlar Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qiligandan so‘ng, kasb-hunar maktabining o‘qituvchi-xodimlari, ota-onalar hamda bitiruvchi yoshlari ishtirokida bitiruvchilarga diplom berish marosimida ishtirok etildi. Tadbirda bitiruvchi yoshlarga, o‘qishlarini oliygohlarda davom ettirib, davlatimiz uchun yetuk mutaxassislar bo’lib chiqilari ta’kidlab o‘tildi. Shu qatorda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bo‘sh ish o‘rinlari haqida qisqacha ma’lumot berib bitiruvchi yoshlar ni ishga taklif qilishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!