YANGILIK VA TADBIRLAR

ERASMUS + REILEAP loyihasining hamkori “O‘ZCHARMSANOAT” uyushmasida o‘quv seminar

photo_2023-08-14_15-02-34 (3)

2021-yil 13-aprel kuni ERASMUS + REILEAP loyihasining hamkori O‘zbekiston charm-poyabzal hamda mo‘yna korxonalari uyushmasi “O‘ZCHARMSANOAT” Toshkent to;qimachilik va Yengil sanoat institute bilan hamkorlikda Poyabzal va charm mo’yna tehnologiyasi yonalishida tahsil olayatgan talabalar uchun o‘quv seminari tashkil qildi. Seminar O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalari va zamonaviy charm-poyabzal korxonalarida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishishdan iborat. Tadbirda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Adkham Mo‘ydinov, rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Zufarova D., Turkiyadan maslahatchi Ramaazan Serhat O‘g‘uz, TITLI jamoasi a’zolari rektor Ilxom Sabirov I., Ilhamova M.U., Mirzaev N.B., Shamsiyeva M. .B., Pazilova D., Begaliev X., CWIU vakillari prof. Maqsudova U., Maqsudova D va 100 ga yaqin TITTLE talabalari.
Seminarda respublikamiz iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ortib borayotgani, charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari malakali kadrlarni talab qilayotgani ta’kidlandi. Charm-poyabzal sanoati uchun kadrlar tayyorlashda xorijiy tajribani o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Xorijlik mutaxassislarni jalb etgan holda bunday seminarlarning tashkil etilishi oliy o‘quv yurtlari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytiradi, talabalarning xorijiy mamlakatlardagi texnologik yangiliklar, sohadagi islohotlarning borishi bilan bevosita tanishishlari uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Seminar faoliyati Davlat axborot-tahliliy telekanali tomonidan “O‘zbekiston 24” (O‘zbekiston 24) yangiliklarida yoritildi.
institut veb-saytida

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!