YANGILIK VA TADBIRLAR

“UzCharmExpo-2022” XII xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi

photo_2023-09-06_10-40-43

2022 yilning 26-may kuni poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz”da Charm, poyabzal, attorlik, jun va mo‘yna, mahalliylashtirilgan mahsulotlar “UzCharmExpo-2022” XII xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini davo etdi. Korgazmaning ikkinchi kunida “Charm buyumlarini kostruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi dotsenti M.Ilxamova tomonidan “REILEAP”loyihasi va “Oliy talim muassalari hamda charm-mo‘yna va poyabzal sanoat korxonalari oʻrtasida strategik hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza qilindi. Maqsad esa o‘quv muassasalarining ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, charm-poyabzal, mo‘yna, sohalariga xalqaro tajribali mutaxassislarni jalb qilishdan iborat. Shuningdek, Toshkent toqimachilik va yengil sanoat institute tamonidan ko’rgazma ishtiroqchilari va mehmonlari uchun “Zamonaviy loyihalash usulida qo‘lqoplarni loyihalash” mavzusida ishtirokchilarga master klass tashkil qilindi.

Shu bilan birga, Portugaliya kompaniyasining mamlakatimizdagi poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalarida mahsulotlar dizaynini yaratish jarayonini avtomatlashtirishga ko‘maklashuvchi “MIND CAD” dasturiy ta’minotining taqdimotini menejer Aleksey Dombrov master klass qilib berdilar. O‘z o‘rnida ushbu dastur kafedra talabalariga “MIND CAD” kompaniyasi tomonidan shartnoma asosida taqdim etilgan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!