YANGILIK VA TADBIRLAR

Gretsiyaning Xanya shahrida joylashgan Krit Texnika universitetida Erasmus+ dasturi yuzasidan navbatdagi XI uchrashuv

photo_2023-09-06_11-08-32

2023 yil 2-3 may kunlari, Gretsiyaning Xanya shahrida joylashgan Krit Texnika universitetida Erasmus+ dasturi CBHE doirasidagi REILEAP “Oʼzbekiston-Qozogʼiston oliy oʼquv yurtlarining charm va charm attorlik buyumlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirish” loyihasi yuzasidan navbatdagi XI uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Oʼzbekiston va Qozogʼiston davlati OTM vakillaridan hamda REILEAP loyihasining Yevropalik hamkorlari, jumladan Gretsiya, Italiya, Turkiya va Ruminiya davlatlari universitetlarining yetakchi professorlari ishtirok etishda. Bundan tashqari, Oʼzbekiston Ixtirochi ayollar markazidan ham loyiha ishtirokchilari qatnashdi.
Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi Yevropa Ittifoqining Erasmus+ doirasidagi REILEAP “Oʼzbekiston-Qozogʼiston oliy oʼquv yurtlarining charm va charm attorlik buyumlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirish” mavzusidagi loyiha bo’yicha ishchi rejalarni (Work plans WP) ning bajarilishini ta’minlash va mavjud muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi. Hamkorlar uchrashuvi mobaynida tarmoq sohalarini rivojlantirishga qaratilgan, korxonalarga xizmat koʼrsatuvchi oʼquv markazlari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʼyicha kurslar tashkil etish toʼgʼrisida rejalashtirilgan, amalga oshirilayotgan, shuningdek kelgusida bajarilishi kerak boʼlgan ishlar muhokama qilindi va bajarilish holati boʼyicha Oʼzbekiston va Qozogʼiston koordinatorlari tomonidan hisobot berildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!