YANGILIK VA TADBIRLAR

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida 9-oktyabr kuni Erasmus+ Week doirasida axborot kuni tashkil etildi.

DSC06984

Tadbirda Krit texnika universiteti (Gretsiya), YASI universiteti (Ruminiya), EGE universiteti (Turkiya), Politechnico Calzaturiyero instituti (Italiya) Taraz hududiy universiteti (Qozogʻiston), M.Avezova nomli Janubiy Qozogʻiston universiteti, CreThiDev Innovatsiya markazi (Gretsiya), GURU servis konsalting kompaniyasi (Gretsiya) hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Jizzax politexnika instituti, Oʻzbekiston Ixtirochi ayollar markazi va charm- poyabzal korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga TTYESIda amalga oshiralayotgan ERASMUS+ dasturining “Oʻzbekiston–Qozogʻistonda charm va charm mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish — REILEAP” loyihasi hamda 2023-yil uchun moʻljallangan navbatdagi tanlov dasturi asosida moliyashitirishga loyiq deb topilgan TEX4FUTURE loyihasi boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Chet ellik nufuzli universitet professorlari va korxonalarning yetakchi mutaxasisslari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari, axborot kunida institut kafedralari hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushma korxonalari bilan koorparativ hamkorlik asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini, talabalar tomonidan yaratilgan kostyum dizayn ishlanmalari va yangi turdagi poyabzal, charm va moʻyna buyumlari koʻrgazmasi oʻtkazildi.

Tadbir doirasida hamkorlikda professor-oʻqituvchi va talabalar tajriba almashinuvi, sohalar boʻyicha onlayn masterklasslar, hamda mutaxassislik boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarilari tashkil qilish, toʻqimachilik sanoatida raqamlashtirish sohasini rivojlantirish va tajriba almashish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!