YANGILIK VA TADBIRLAR

Har yili 11-oktyabrda butun dunyo boʻylab qizlar kuni keng nishonlanadi. Chunki BMT bosh assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” (International day of the Girl Child) deb eʼlon qilingan.

BMTga aʼzo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, mazkur sana har yili butun jahon boʻyicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratish maqsadida ham nishonlab kelinmoqda. Bu muammolarga majburiy nikoh, qizlarning taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanishini taʼminlash hamda zoʻravonlik holatlari kiradi.

🇺🇿Oʻzbekistonda izchil amalga oshirib kelinayotgan yoshlarga oid davlat siyosati doirasida qizlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol shaxslar sifatida ulgʻayishi uchun barcha shart-sharoit, imkoniyat va imtiyozlarni yaratib berish, ularning har bir sohadagi qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirish, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tengdoshlari oʻrtasida hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarni jahon hamjamiyati ham eʼtirof etmoqda. Xususan, qizlarning taʼlim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, ularning ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish masalalari davlatimizning doimiy yuksak eʼtiborida turibdi.

Bulardan koʻzlangan maqsad esa — erkin va farovon jamiyatni barpo etishda yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yoʻlida bor kuch-gʻayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir qizlarni tarbiyalashdir.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vaxabov.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!