YANGILIK VA TADBIRLAR

🇨🇭Shveysariyaning “Rieter” kompaniyasi mutaxassislari TTESIda mahorat darslari oʻtkazmoqda.

9ac34c7ec961b6d7e428195850a0546e

9–14-oktyabr kunlari Yigirish texnologiyasi kafedrasi oʻqituvchi va talabalari uchun kompaniya menejeri Dharmraj Singh seminar olib boryapti. Hukumatlararo kelishuv doirasida “Rieter” firmasi bir qator oʻquv dasturlarini yoʻlga qoʻygan boʻlib, hozirda dastur boʻyicha seminar mashgʻlotlarining 2-bosqichi amalda davom etmoqda.

Mashgʻulotlar davomida tinglovchilar firmaning yuqori texnologiyalarga asoslangan, takomillashgan mashinalari bilan batafsil tanishib, yigirish korxonalarida texnologik parametrlarni toʻgʻri tanlash va tatbiq etish orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻzlashtirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!