YANGILIK VA TADBIRLAR

Institutda 20-oktyabr kuni Italiyaning “Tecon” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

photo_2023-10-21_16-28-01

TTYSIning Xalqaro hamkorlik ishlari prorektorati mehmonlarni iliq kutib olib, institutda soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, talabalarning salohiyati va ularga taqdim etilayotgan mahalliy va xalqaro imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuvda olib borilgan muzokaralardan soʻng institute maʼmuriyati tomonidan “Tecon” vakillariga qator takliflar berildi. Jumladan:

  • Institut qoshida kompaniya filialini ochish;

  • Charm poyabzal sanoati uchun kadrlarni tayyorlash yoʻnalishida hamkorlik memorandumi imzolash;

  • ERASMUS + dasturi doirasida yangi loyiha ustida dastlabki ishlar olib borish;

  • Professor-oʻqituvchilar, soha mutaxassislari hamda talabalarning Italiyada amaliyot dasturi va trening-kurslarini tashkil qilish.

“Tecon” kompaniyasi institut tomonidan berilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlab, birgalikda hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi va oliygoh qoshida ochilgan texnoparkni borib koʻrdi. Uchrashuv soʻngida kompaniya vakillari Oʻzbekistonda sanoat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni eʼtirof etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!