YANGILIK VA TADBIRLAR

Toshkentda “UzCharmExpo” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

photo_2023-10-24_13-17-51

“OʻzCharmsanoat” uyushmasi tomonidan 18–20-oktyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” binosining 1–2-pavilyonlarida “UzCharmExpo EURASIA 2023” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur koʻrgazmada institutning “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi. Shuningdek, koʻrgazma doirasida yosh dizaynerlar ham qatnashdi.

Kafedrada tahsil olayotgan talabalar tomonidan kunlik foydalanish uchun moʻljallangan poyabzal va liboslar hamda charm attorlik mahsulotlari modellarining taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Professor-oʻqituvchilar turli xil ishlab chiqarish korxonalaridan tashrif buyurgan chet ellik soha vakillari bilan yangi aloqalar oʻrnatdi va fikr almashdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!