YANGILIK VA TADBIRLAR

“Inno – Day” iqtidorli yoshlar ilmiy – innovatsion startap ishlanmalar tanlovi

photo_2023-10-25_14-50-53

O’zbekiston Respuplikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida o’tkazilgan “Inno – Day” iqtidorli yoshlar ilmiy – innovatsion startap ishlanmalar tanlovining “Mexanika va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” yo’nalishi bo’yicha Texnologik jarayonlarini va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo’nalishi 1-kurs magistri Bo’ronov Islombek 1-o’rin, hamda 2-kurs bakalavri Sadullayev Nodirbek 3 – o’rinni egallab Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori D.Vaxobov tomonidan pul mukofoti voucheri bilan taqdirlandilar.
Rag’bat – inson histuyg’ulari, ruhiy holatlari rivoji va barqarorlashuviga yordam beruvchi, uni faollikga undovchi psixik ta’sirdir. Shu munosabat bilan TJIChAB kafedrasi mudiri O.Kadirov vaucherlarni o’z egalariga boshqa talabalar guvohligida topshirdi. Bu taqdirlash jarayoni barcha talabalarda sohaga bo’lgan qiziqishni uyg’otdi va yangi ilmiy – innovatsion loyihalar yaratishda bilim va ko’nikmalarini oshirishda kafedra professor – o’qituvchilari ham ko’maklashishi haqida ta’kidladi.
Shu o’rinda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ta’lim olib, ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan yoshlar uchun “Ideaton – Uzbekistan 2030” tanloviga start berilganligi va shu tanlovda har bir talaba ishtirok etishi mumkinligi haqida kafedra katta o’qituvchisi va “Intelekt” to’garagi rahbari S.Yuldashev eslatib o’tdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!