YANGILIK VA TADBIRLAR

Termiz muhandislik-texnologiya institutida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

photo_2023-10-25_14-59-51

20-21 oktyabr kunlari Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Paxta tozalash, to’qimachilik va yengil sanoat texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi, unda TTYeSI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, professor, t.f.d. X.H.Kamilova va “Kostyum dizayni” kafedrasi professori, t.f.d. U.T.Muminovalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Mazkur konferensiyada an’anaviy o’zbek matolari, milliy liboslar va zamonaviy kiyimlar ko’rgazmasi o’tkazildi.
Termiz shahriga tashrif doirasida Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Professorlar X.H.Kamilova va U.T.Muminovalar tomonidan talabalar uchun o’zbek milliy liboslarining tarixi va zamonaviy kiyimlarni loyihalashda dizayn tendensiyalari xususida mahorat darslari o’tkazishdi. Bunday tadbirlar turdosh OTM hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, Respublikada tikuvchilik va dizayn soxasi uchun malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!