YANGILIK VA TADBIRLAR

Bugun – 25 oktaybr kuni taniqli suxandon va jurnalist – Sirojiddin O‘sarov bilan TTYeSIning faollar zalida ijodiy-badiiy mahorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

9X9A0426

Uchrashuvda institutning o‘z nutqini takomillashtirmoqchi bo‘lgan talabalari va yosh o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Sirojiddin O‘sarovning o‘z taklifiga binoan uchrashuv uch qismdan iborat bo‘ldi.

         Interaktiv savol-javob qismida: Talabalar mehmonga uning kasbiy faoliyati, sahnadagi hayajonmi yengish, ovozni to‘g‘ri qo‘yish, o‘zida eʼtiborchanlikni kuchaytirish va shunga o‘xshash ko‘plab notiqlik sanʼati bilan bog‘liq savollarni berishdi;

         Uchrashuvning amaliyot qismida: Sirojiddin O‘sarovning bergan javoblariga asoslanib talabalar yangi olingan bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rishdi. Spiker hayojonni yengish va holsizlikning oldini olish xususida o‘zining qimmatli maslahatlarini berdi;

         Uchrashuvning uchinchi pallasi badiiy qismga aylandi: Sirojiddin O‘sarov o‘zining xushsuxan ovozi bilan barcha ishtirokchilarga atab, ularni galda ko‘proq o‘qishga va mehnat qilishga chorlovchi sher o‘qib berdi.

         Tadbir so‘ngida institut maʼmuriyati tomonidan Sirojiddin O‘sarov bo‘lib o‘tgan mahorat uchrashuvidagi ko‘rsatgan beminnat hamkorligi va tashrifi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Uchrashuvning har bir ishtirokchisida esa iliq taassurotlar va xotiralar qoldi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!