YANGILIK VA TADBIRLAR

Tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda!

photo_2023-10-26_17-00-26

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida tyutorlar faoliyatini tashkil etishga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan namunaviy seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminarda Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan 2 nafardan tajribali tyutorlar ishtirok etishmoqda.

Namunaviy seminar-treningda ishtirok etayotgan tyutorlar 1 hafta muddatda o‘z ish faoliyatini olib borayotgan oliy ta’lim muassasasidagi boshqa hamkasb tyutorlari uchun kaskad usulida seminarlar tashkil qilishi reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Respublikamizdagi 211 ta oliy ta’lim muassasalarida 3000 dan ortiq tyutorlar faoliyat olib bormoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!