Yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash, ularda milliy madaniyatimizga bo’lgan hurmat xissini oshirish maqsadida joriy yilning 26 oktabr kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasining professor o’qituvchilari talabalar bilan birgalikda “Amaliy san’at muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Amaliy san’at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan xalq amaliy san’atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi. Tashrif chog’ida talabalar muzey ekspozitsiyalarida saqlanayotgan xalq amaliy san’atining 50 dan ortiq turi bilan tanishdilar. Ma’lumki, O’zbekiston xududida asrlar davomida xalq badiiy xunarmandchiligining o’ziga xos yirik markazlari shakllangan. Talabalar inson qo’li bilan yaratilgan mo’jizalarni, betakror san’at nafisligini ko’rib, olam-olam zavq oldilar.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.