YANGILIK VA TADBIRLAR

“Yoshlar akademiyasi” forumi

IMG_6327

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq Toshkent to’qimachilik va yengil sannoat institutida tashkil etilayotgan “Yoshlar akademiyasi” faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida tashabbuskor, izlanuvchan, innovatsion loyihalar yaratishga qiziquvchan talabalarimiz hamda akademiya a’zolari o’rtasida”Yoshlar akademiyasi” forumi bo’lib o’tdi.
Bir qator professor-o‘qituvchilar, institutimizda faoliyat yuritib kelayotgan ustozlar va yosh izlanuvchilar so‘zga chiqib ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni ilm-fanga to’g’ri yo’naltirish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish va talabalarni bo‘sh vaqtlaridan to‘g‘ri foydalanish kerakligi va kelgusida ilmiy faoliyatlari uchun foydali bo‘ladigan ko‘plab ma’lumotlar bilan ulashdilar.
O‘tkazilgan tadbir natijalariga ko‘ra yoshlarning innovatsion lyihalarga bo‘lgan e’tibori yanada kuchayishi uchun dolzarb bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib bordi. Forum yakunida faol bo’lgan iqtidorli yoshlarimiz munosib taqdirlandilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!