YANGILIK VA TADBIRLAR

🏆“Eng yaxshi tyutor” tanlovi eʼlon qilinadi!

photo_2023-10-26_19-26-23

Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti taʼlim va tarbiya olish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ustoz-shogird tizimida ishlash, toʻplangan maʼnaviy merosni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimizga hurmat va iftixor tuygʻusida boʻlgan yoshlarni tarbiyalashda ishtirok etayotgan tyutorlarni ragʻbatlantirish maqsadida faol va tashabbuskorlik bilan faoliyat olib borayotgan tyutorlar oʻrtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:

  • “Oʻquv jarayoni boʻyicha eng yaxshi tyutor”;

  • “Maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati boʻyicha eng yaxshi tyutor”;

  • “Innovatsion gʻoyalar boʼyicha eng yaxshi tyutor”.

Tanlov gʻoliblari diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin: BHMning 1 barobari miqdorida pul mukofoti;

2-oʻrin: BHMning 0,75 barobari miqdorida pul mukofoti;

3-oʻrin: BHMning 0,5 barobari miqdorida pul mukofoti.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!