YANGILIK VA TADBIRLAR

Yakkasoy tumani 26-o’rta maktabda tadbir

photo_2023-10-27_17-16-46

“Institut+maktab=Taraqqiyot” aksiyasi doirasida ma’naviy tadbir
2023 yil 26 oktyabr kuni Yakkasoy tumani 26-o’rta maktabda ona tili va adabiyot fan o`qituvhilari bilan hamkorlikda tayyorlangan O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligiga bag`ishlangan “Tıl- qalb quyoshi” nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi. Tadbirda maktab rahbari, ona tili va adabiyot o`qituvchilari, o`quvchilar hamda, “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor o’qituvchilari Dustova Umida, Djurayeva Nilufar, Sattorova Saodat, Nishonova Dilfuzalar ishtirok etishdi. Tadbirni maktab direktori B.Xasanova A.Oripovning ona tili haqidagi she’ri bilan davrani ochib berdi.
Tadbir doirasida milliy o’yinlardan lavhalar ko’rsatildi. Bolajonlar bobolarimiz o’ynagan “chillak”,”oq terakmi –ko’k terak” kabi o’yinlardan lavha ko’rsatdilar. Ishtirokchilar tomonidan aytilgan she`rlar, ijro etilgan raqslar, namoyish etilgan sahna ko`rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!