YANGILIK VA TADBIRLAR

Joriy yilning 26-oktabr kuni TTYESI Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti tyutori N.Imamova  tomonidan Talabalar turar joyida qator ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.

photo_2023-10-27_17-27-29

Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish maqsadida “Milliy kiyimlarda – komponovka va uning ahamiyati” mavzusida davra suhbati o’tkazib, o’zbek xalqining milliy o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bog’liq bo’lgan kiyimlar, komponovka ya’ni kiyim detallarining bir-biriga bog’liqligi to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, “Sport-sog’lom hayot garovi” shiori ostida sportning “Voleybol” turi bo’yicha musobaqa uyushtirdi.

Talabalar bilan suhbat uyushtirib, ularga yaratilgan qulayliklarni qadrlab, Institut, TTJ ichki tartib qoidalariga qat’iyan amal qilishlari, dars mashg’ulotlarida faol bo’lishlari, bir oila farzandidek ahil-totuv yashashlari, tozalikka rioya qilishlari to’g’risida tavsiyalar berdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!