27-oktyabr kuni PSTF tyutorlari, institut profilaktik inspektori, organ xodimlari va fakultet talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” hamda “Kiberjinoyat” mavzularida tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda bugungi kunda avj olib borayotgan kiberjinoyat haqida soʻz yuritildi va ushbu jinoyatga doir videoroliklar namoyish etildi. Talabalar oʻzini qiziqtirgan savollarga inspektorlardan atroflicha javob oldi. Fakultet tyutorlari tomonidan har qanday jinoyatga qarshi bilim va maʼrifat orqali yechim topish mumkinligi taʼkidlab oʻtildi. Oʻtmishda ajdodlarimiz ham jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishgani taʼkidlanib, bevosita jadidchilik davri bunga misol qilib keltirildi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.