YANGILIK VA TADBIRLAR

MAHORAT DARSI

photo_2023-10-30_11-05-03

Yengil sanoatda buyumlarni konstruksiyalash sohasi yil sayin rivojlanib ilg‘or hamda zamonaviy metodlarni joriy etib kelmoqda. Shu sababdan xorij tajribasini o‘rganish, uni mahalliy ishlab chiqaruvchi uchun yetkazish raqobatbardosh xodimni yetishtirib chiqarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Bugungi kunda, yuqoridagi soha vakillari va isteʼmolchilari orasida katta talabga ega bo‘lgan “Shingo Sato” usuli konstruksiya va mulyaj texnikalaridan foydalanishda katta bilim va amaliy ko‘nikmalarni talab etadi. Xuddi shu usulni Fransiyadagi olti oy davom etgan amaliyotida o‘zlashtirgan, “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.M.Artikbayeva, bugun o‘z bilimlarini talabalar bilan ulashmoqda.

27 oktyabr kuni Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (shaxsiy buyurtma asosida kiyim tayyorlash) yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-bosqich talabalariga “ “Shingo Sato” usulida ayollar ko‘ylagi mulyaj qadalmasini ishlab chiqish va modellashtirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsi davomida N.M.Artikbayeva talabalarga nazariy va amaliy ko‘rsatmalar berib o’tdi. Darsda talabalar faol ishtirok etdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Taʼkidlab o‘tish joizki N.M.Artikbayeva O‘zbekistonda “Shingo Sato” usulini puxta egallagan sanoqli mutaxassislardan biridir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!