YANGILIK VA TADBIRLAR

“To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi 1-bosqich doktorantura izlanuvchilarining hisoboti

TTYSI 82 (1 из 10)

So‘ngi ilg‘or tadqiqotlarni olib borish, ularda samarali natijalarga erishish maqsadida zamonning eng ildam izlanish metodlaridan foydalanish har bir bo‘lg‘usi olim uchun juda muhimdir. Katta tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega ustoz-olimlar esa bunda katta yordam berishlari mumkin.

Xususan, 28 oktyabr kuni “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi 1-bosqich doktorantura izlanuvchilarining hisoboti kafedraning professor-oʼqituvchilaridan iborat “Ilmiy maktab”da dastlabki muhokamadan o‘tkazildi.

Hisobot davomida izlanuvchilarning olib borayotgan ilmiy ishlari yuzasidan tahlil natijalari, obyektning oʼrganilganlik darajasi, assortimentlarni ko‘paytirish bo‘yicha amaldagi bajarilayotgan ishlar tahlil qilinib, ilmiy ishning dolzarbligi to‘qimachilik sohasidagi ilg‘or innovatsion yangiliklar qatorida bo‘lishi uchun tahrirlandi.

Hisobot so‘ngida professor-o‘qituvchilar o‘zlarining xulosa va taqrizlari bilan bo‘lishib doktorantlarga qimmatli maslahatlar berishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!