Qoʻshma taʼlim dasturida tahsil oluvchi talabalar oʻquv sessiyasida ishtirok etish uchun Vitebsk davlat texnologiya universitetiga joʻnab ketdi.
13 nafar talaba 28-oktyabrdan 2-dekabrgacha boʻlgan muddatda oʻquv jarayoni hamda Belarus Respublikasining ilgʻor ishlab chiqarish korhonalarida amaliyot oʻtab qaytadi.
Talabalarni Vitebsk davlat texnologiya universiteti sirtqi taʼlim fakulteti dekani Elena Kovalchuk kutib oldi hamda oʻquv jarayoni bilan tanishtirdi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/10/photo_2023-10-31_12-00-40.jpg)