Uchrashuv davomida mehmonlar BMT vakilalari TTYSIda talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishib chiqdi.
Uchrashuvda:
-
TTYSI doirasida xotin-qizlar huquqi va ularning aktualligini aniqlash boʻyicha ijtimoiy-ilmiy tadqiqot oʻtkazish;
-
BMT ayollari loyihasi va uning 16 kunlik dasturi asosida: Ayollar faoliyatini IT texnologiyalar bilan bogʻlash va ularga sharoitlar yaratish;
-
Dizaynerlik sohasida ham gender tengligini targʻib qilish maqsadida Yevropaning eng oldi erkak dizaynerlarini oʻzbek segmentiga jalb etish;
-
Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy oʻrni haqidagi stereotiplarni buzuvchi va rahbar ayollar avtoritetini targʻib etuvchi onlayn chellenj oʻtkazish;
-
Institutda tahsil oluvchi kam taʼminlangan va jismoniy imkoniyatlari cheklanga qizlarga raqamli formatdagi eskiz sanʼatini oʻrgatish uchun mutaxassislarni jalb etish va ularni zarur texnik jihozlar bilan taʼminlash;
-
Dizaynerlik sohasini rivojlantirish uchun onlayn korporativ kurslarni tashkil etish;
-
Gender tengligi boʻyicha huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va uning natijalarini aniqlash maqsadida OTMlar doirasida debatlar va har ikki jins vakillari oʻrtasida polemik uchrashuvlar oʻtkazish;
-
Qizlarni oilaga tayyorlash, oilani rejalashtirish koʻnikmalarini uygʻotish va reproduktiv salomatligiga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida texnoparkda treninglar tashkil qilishga kelishib olindi.
Uchrashuv soʻngida mutaxassislar 28–29-noyabr kunlari TTYSIda boʻlib oʻtadigan xalqaro anjumanga taklif etildilar va ularga texnoparkda jamoat tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻl xaritasini tuzish taklifi berildi.