YANGILIK VA TADBIRLAR

31-oktyabr kuni BMTning Aholi jamgʻarmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

photo_2023-10-31_18-46-09

Uchrashuv davomida mehmonlar BMT vakilalari TTYSIda talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishib chiqdi.

Uchrashuvda:

  • TTYSI doirasida xotin-qizlar huquqi va ularning aktualligini aniqlash boʻyicha ijtimoiy-ilmiy tadqiqot oʻtkazish;

  • BMT ayollari loyihasi va uning 16 kunlik dasturi asosida: Ayollar faoliyatini IT texnologiyalar bilan bogʻlash va ularga sharoitlar yaratish;

  • Dizaynerlik sohasida ham gender tengligini targʻib qilish maqsadida Yevropaning eng oldi erkak dizaynerlarini oʻzbek segmentiga jalb etish;

  • Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy oʻrni haqidagi stereotiplarni buzuvchi va rahbar ayollar avtoritetini targʻib etuvchi onlayn chellenj oʻtkazish;

  • Institutda tahsil oluvchi kam taʼminlangan va jismoniy imkoniyatlari cheklanga qizlarga raqamli formatdagi eskiz sanʼatini oʻrgatish uchun mutaxassislarni jalb etish va ularni zarur texnik jihozlar bilan taʼminlash;

  • Dizaynerlik sohasini rivojlantirish uchun onlayn korporativ kurslarni tashkil etish;

  • Gender tengligi boʻyicha huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va uning natijalarini aniqlash maqsadida OTMlar doirasida debatlar va har ikki jins vakillari oʻrtasida polemik uchrashuvlar oʻtkazish;

  • Qizlarni oilaga tayyorlash, oilani rejalashtirish koʻnikmalarini uygʻotish va reproduktiv salomatligiga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida texnoparkda treninglar tashkil qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv soʻngida mutaxassislar 28–29-noyabr kunlari TTYSIda boʻlib oʻtadigan xalqaro anjumanga taklif etildilar va ularga texnoparkda jamoat tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha yoʻl xaritasini tuzish taklifi berildi.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!