YANGILIK VA TADBIRLAR

30-oktyabr kuni institut Xotin-qizlar kengashi raisi Umida Elmuratova Paxta sanoati texnologiyasi fakultetining ayol professor-oʻqituvchilari bilan Professor-oʻqituvchilarining kiyinish madaniyati boʻyicha yoʻriqnoma targʻiboti oʻtkazildi.

Yigʻilishda TTYSI rektori tomonidan tasdiqlangan “Odob-axloq kodeksi”ning 4-bob 11-moddasida institutda kiyinish va tashqi koʻrinishga oid qoidalar berilgan boʻlib, ushbu modda boʻyicha xodim, talaba va doktorantlar professionallikka va tanlagan kasbiga xos tarzda kiyinishi shartligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, xodim, talaba va doktorantlarning institutga kiyib kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni qoʻshishga yoʻl qoʻymaslik haqida maʼlumot keltirilgan.

Kengash raisi kiyinish madaniyati deyilganda nima tushuniladi va zamonaviy oʻqituvchi qiyofasi qanday boʻlishi kerak, talaba-yoshlarga bilim berishda kiyimning nima ahamiyati bor degan oʻrinli savol tugʻilishi mumkinligini, lekin pedagogning asosiy vazifasi bilim berish, shunday ekan u oʻz koʻrinishi, yorqin, eʼtiborni jalb etadigan kiyimi bilan emas, balki berayotgan bilimi bilan talabalar eʼtiborini zabt etishi lozim deya gapirib oʻtdi.

Kodeksda keltirilgan shartlarni bajarish va oʻqituvchilar oʻz kiyinish madaniyatiga eʼtiborliroq boʻlishi kerakligi haqida ham eslatib oʻtdi. Yigʻilish soʻngida har bir professor-oʻqituvchi oʻz fikr mulohazalari bilan boʻlishdi va, albatta, oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilishi kerakligini taʼkidladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!