YANGILIK VA TADBIRLAR

31 oktyabr kuni Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Instituti talaba-yoshlari o‘rtasida “Milliy qadriyatlar kuni” doirasida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovini tashkil etildi.

Tanlov doirasida “Kostyum dizayni” kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan milliy liboslar va zamonaviy kiyimlar namoyishi o’tkazildi. Namoyishda milliy qadriyatlarni o‘zida tarannum etuvchi o’zbek an’anaviy matolardan tikilgan 30 dan ortiq liboslar to’plamlari namoyish etildi. O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosiga ega, shakli, ranglari, naqshlari va matolari bilan ajralib turuvchi, bir-birini takrorlamaydigan ushbu milliy liboslarni umumiy nafislik, sharqona jozibadorlik va yorqin ranglar birlashtirib turadi.
Namoyishda taqdim etilgan liboslar to’lamlari yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashda, kelajak avlodga milliy qadriyatlarimizni to’liq etkazishda, o’z tariximizni anglashda beqiyos manba bo’lib xizmat qiladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!