YANGILIK VA TADBIRLAR

Sanoatda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sababli XXI asrda texnologik, sanoat va ijtimoiy jarayonlarning tez oʻzgarishlariga sanoat inqilobi sababdir

Hozirda deyarli barcha tarmoqlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z faoliyatini yuritadi. Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni qaysi sohada qo‘llanilishi bilan bir biridan farqlanadi.
Kompas – Rossiya Federatsiyasining ASKON kоmpаniyasining avtomatik loyihalash paketi bo’lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqish imkoniyatini beradigan tizimdir.
“Kompas” dasturida nafaqat detallarni loyihalash, balki ularga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ham tuzish mumkin.
Zаmоnаviy Kompas dasturi tizimi intеrfеysi kоmpyutеrning eng zаmоnаviy vоsitаlаri vа tеxnоlоgiyalаrining imkоniyatlаrini hisоbgа оlgаn hоldа yarаtilgаnligi bоis chizmа vа sxеmаlаrni, lоyihаlаsh mаsаlаlаrini yuqоri sifаtdа bаjаrilishini kаfоlаtlаydi. Kompas dasturining yaratilganiga 25 yildan oshgan bo’lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha yetakchi o’rinni egallab kelmoqda.
1-noyabr kuni “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasida sanoat va qurilish uchun IT-yechimlarni taklif qiluvchi Rossiyaning «ASKON» kompaniyasi mutaxassislari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Kompaniya mutaxassislari tadbir ishtirokchilarini faoliyat yo’nalishlari bilan tanishtirdi va kafedra talabalari foydalanishi uchun konstruktorlar uchun mo‘ljallangan litsenziyalangan “Kompas-3D” dasturining oxirgi versiyasini berishini ma‘lum qildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!