YANGILIK VA TADBIRLAR

Dual taʼlim sohasi rivojiga bagʻishlangan xalqaro anjuman yakunlandi

IMG_5501

Ikki kun davomida ellikka yaqin xorijiy oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tadqiqot markazlari va sohaning nufuzli korxonalari vakillari xalqaro anjuman mehmoni boʻldi.

Bundan tashqari, jarayonni 1000 dan ortiq mutaxassis onlayn ravishda kuzatib bordi. Kelgan mehmonlar bilan 20 ga yaqin hamkorlik memorandumlari imzolanib, doʻstlik rishtalari bogʻlandi.

Aloqalarni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilarni xorijiy korxonalar hamda ilmiy tadqiqot markazlarida tajriba orttirishga yuborish dasturlarini imzolash va filiallarni ochish boʻyicha tavsiyalar berildi, ular muvaffaqiyatli tasdiqlandi. 

Shunday qilib, taʼlim, tadbirkorlik, ilm-fan va sanoat sohasi vakillarini bir yerda jamlagan, nafaqat mahalliy, balki global muammolar, ularning yechimlari, ilgʻor tendensiyalar va istiqbolli rejalar xususida soʻz borgan anjuman 29-noyabr kuni oʻz nihoyasiga yetdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!