YANGILIK VA TADBIRLAR

1 dekabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan Uxan to‘qimachilik universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ko‘p yillik hamkorlardan biri hisoblangan to‘qimachilik universitetida avval ham institutimiz talabalari tahsil olishgan. Bu gal Uxan universiteti tashabbusi bilan aloqalar yangilanadigan bo‘ldi.

Uchrashuvda tomonlar imzolanajak memorandum, uning shartlari, 2024 yilda ikki semestrning har biriga 10 tadan yuboriladigan talaba va ularga qo‘yilgan shartlar, turar joy va maishiy xarajatlar, kelgusida PhD falsafa doktori dissertatsiyalarining Xitoydagi himoyasi va qo‘shimcha grantlar xususida bafurja gaplashib oldilar.

Suhbatdan so‘ng kelgan mehmonlar institutda tashkil etilgan sohaning barcha tarmoqlariga oid ilmiy va o‘quv laboratoriyalar bilan tanishib chiqdilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!