📖Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari bilimdoni—2023” tanlovi oʻtkazilmoqda.
Tanlovda 100ga yaqin talaba toʻrt yoʻnalish boʻyicha qatnashmoqda. Birinchi ikki yoʻnalish doirasida talabalar test savollariga javob beradi.
Qolgan ikki nominatsiyada gʻoliblikka daʼvogarlar oʻzlarining insho yozish mahoratlarini namoyish etadi. Tanlov natijalari 6-dekabr kuni eʼlon qilinadi.