YANGILIK VA TADBIRLAR

“O‘zgalar dardi” nomli spektaklining premyerasi

5 dekabr kuni institutning qator professor o‘qituvchilari, fakultet dekanlari va prorektorlar Nurillo Abbosxonning “O‘zgalar dardi” nomli spektaklining premyerasini tomosha qilish uchun O‘zbek milliy akademik drama teatriga taklif etildilar.

Sahnada O‘zbekiston Xalq artistlari Gavhar Zokirova, Erkin Komilov va Muqaddas Xoliqovalar o‘z rollarini mahorat bilan ijro etishdi.

“O‘zgalar dardi” tomoshabinga shifokorlik kasbi, uning faoliyatidagi og‘riqli nuqtalar va bularning shaxsiy hayotga taʼsiri xususida so‘zlaydi. Bundan tashqari sahnada bugungi kunda dolzarb hisoblangan ota-ona va farzandlar munosabatlariga ham urg‘u berilgan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!