Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-son buyrug’i Chora-tadbirlar rejasining 16-bandi ijrosini ta’minlash ishlari olib borildi.
Jumladan, 2023-yil 6-dekabr kuni Institut talaba-yoshlari o’rtasida “KURASH” sport turi boʻyicha jahon chempionlari – Amatboyev Og‘abek, Zokirjonov Asomiddinlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, motivatsion uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor U.Abdullayev ochib berdi. Shundan so’ng tadbir mexmonlari o’z muvaffaqiyatlari to’g’risida talaba-yoshlarga so’zlab berishdi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-06_14-44-14.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-06_14-44-19-1.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-06_14-44-17.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-06_16-34-51.jpg)