YANGILIK VA TADBIRLAR

Konstitutsiyasining 31 yillik shodiyonasi keng qamrovli nishonlandi

Tantana faollar zalidagi tadbirdan boshlandi. Kelgan mehmonlar va talabalar eʼtiboriga sahna koʻrinishlari, sheʼriy chiqishlar va yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning tahliliy sharhi havola qilindi.

Tadbirga harbiy orkestrning jonli ijro etgan kuylari oʻzgacha shukuh bagʻishladi. Bayram yakunida oʻtkazilgan insholar tanlovi natijalari eʼlon qilindi. Ularga koʻra, toʻrtta nominatsiya boʻyicha birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan talabalarga faxriy yorliq va pul mukofoti berildi.

Tantanadan soʻng talabalar davra suhbatiga yoʻl oldilar. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Hasanova qatnashib talabalarga inson qadri, uning huquqlari va huquqiy savodxonlik mavzularida maʼruza qildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!