YANGILIK VA TADBIRLAR

“Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi

2023-yil 6-dekabr kuni TTYESIda “O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi” mudiri N.Djurayeva va M.Xolmatovalar mas’ulligida “Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni “Matbaa texnologiyalari” fakulteti dekani M.Ruzmetov ochib berdi.
Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hasanova Mavjuda G‘aniyevna “Konstitutsiya – ijtimoiy davlatning huquqiy asosi” nomli ma’ruzasi bilan ochib berdi.

Mavjuda G‘aniyevna o‘z nutqida barchani konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan tabriklab, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va uning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri, Yoshlar parlamenti a’zosi Muhsiddin Nizomuddinov so‘zga chiqib, interaktiv usulda konstitutsiya haqida talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazdi va faol ishtirokchilarga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!