9-dekabr kuni poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qoʻshinlarining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va tegishli vazirliklar hamkorligida “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida bir guruh ziyolilar, maʼrifat targʻibotchilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktyabrdagi 897-son qarori bilan taʼsis etilgan “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-10_14-53-21.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-10_14-53-23.jpg)