YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYSI kafedra mudirlari Kostroma davlat universiteti prorektori bilan uchrashdi

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti kafedra mudirlari O.Kadirov va A.Ulukmuradov 8-dekabr kuni Kostroma davlat universitetining Yoshlar siyosati va tarbiya faoliyati boʻyicha prorektori Olga Skryabina bilan suhbat olib bordi. Suhbat boshida TTYSI kafedra mudirlari tomonidan institutimizda taʼlim tizimi boʻyicha olib borilayotgan ijobiy islohatlar haqida maʼlumot berildi.

Olga Skryabina tomonidan TTYSI va Kostroma davlat universiteti oʻrtasida yangi memorandum imzolangani munosabati bilan kelajakda oʻzaro talabalar almashinuvi, tajribali professor-oʻqituvchilarning dars oʻtishi, ilmiy va uslubiy yoʻnalishlarda aʼloqalar olib borish hamda “Yozgi maktab” va “Qishki maktab” dasturi doirasida talabalar ekskursiyasini tashkil qilish masalalari ilgari surildi. Suhbat soʻngida Skryabina institut rahbariyatiga stajirovkani tashkil qilgani va hamkorlik aloqalarini rivojlantirayotgani uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!