Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olib, ijarada yashovchi talabalar holidan Institut rahbarlari tomonidan muntazam ravishda xabar olinmoqda.
Jumladan, bugun, 7-dekabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy hamda Chilonzor tumanlarida joylashgan hovli va ko’p qavatli uylarda ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash shart-sharoitlari o’rganildi.
Turar joyda texnika xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, bo’sh vaqtlardan samarali foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar berildi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-11_14-37-18-2.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-11_14-37-32-2.jpg)
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2023/12/photo_2023-12-11_14-37-36-2.jpg)