YANGILIK VA TADBIRLAR

11-dekabr kuni Germaniyaning “Gesamtmasche” assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

🇩🇪Uchrashuvda “TOT Strategy” loyihasi asosida texnologlar tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etishga kelishib olindi. Muhokamaga koʻra, uch yoʻnalish boʻyicha 9 nafar mutaxassis tayyorlanadi va ular kelgusida soha yoʻnalishi boʻyicha institut va korxonalar kesimida texnologlar uchun qisqa muddatli kurslarda oʻquv tashkil qiladi.

Bundan tashqari, olib borilgan muzokaralar doirasida kelgusida istiqbolli dasturlar amalga oshirishga kelishib olindi:

  • 2024-yilda TTYSI trenerlar uchun Germaniyada “Summer School” yozgi maktabi oʻz faoliyatini boshlaydi;

  • TTYSI maʼmuriyati xodimlari kelgusi yilning mart oyida “Gesamtmasche” assotsiatsiyasiga rasman tashrif buyurishadi;

  • 2024-yilning fevral oyi ikkinchi yarmida institut va assotsiatsiya hamkorlikda “TOT Strategy” loyihasiga oid xalqaro ilmiy anjuman oʻtkazadi.

Suhbat yakunida institut professor-oʻqituvchilari va assotsiatsiyasining mutaxassislaridan biri tomonidan tuziladigan ishchi guruh, anjuman jarayonida imzolanishi rejalashtirilgan hamkorlik memorandumi shartlari xususida harakatlar ketma-ketligi tuzib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!