YANGILIK VA TADBIRLAR

13-dekabr kuni “GOPA Consulting Group” tasarrufidagi “GIZ” iqtisodiy rivojlanish agentligi bilan memorandum imzolandi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning istiqbollari, kutilayotgan natijalar va yaratiladigan sharoitlar xususida bafurja gaplashib olishdi.
Imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan TTYSI va GIZ qator rejalar asosida chora-tadbirlarni amalga oshirishadi:

  • Dizayn va Sifat menejmenti yoʻnalishlarida dizayner-marketolog va injener-texnolog kabi mutaxassislarga taʼlim berish va buning uchun oʻquv kurslarini tashkil etish;

  • Soha yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar tayyorlash;

  • Tomonlar kelishuvi asosida kasbiy taʼlimning umum standartlarini ishlab chiqish;

  • Loyihaning amalga oshirilishi va samarali natijalarga ega boʻlish uchun qoʻshma kompaniya tuzish.

  • Uchrashuvda shuningdek, faxriy professor Davron Vaxabov tashabbusi bilan Germaniyaning toʻqimachilik sanoati boʻyicha yetakchi oliygohlarida TTYSI talabalari uchun ikki yillik almashinuv dasturlarini tashkil etish hamda oʻttizga yaqin nemiszabon oʻqituvchilarni nemis tilidan taʼlim berish uchun Toshkent shahriga taklif etish kabi muvaffaqiyatlili kelishuvlarga erishildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!